Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlaridagisportchilarni kompleks tayyorlashning ilmiy-metodologik asoslari
Kalit so‘zlar:
Kalit so‘zlar: kompleks tayyorgarlik, Olimpiya sporti, Paralimpiya sporti, sportchilar tayyorlash tizimi, yuklama va tiklanish, psixologik tayyorgarlik, texnik-taktik tayyorgarlik, funksional tayyorgarlik, metodologiyaAbstrak
Mazkur ilmiy ishda Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida
sportchilarni kompleks tayyorlashning ilmiy-metodologik asoslari tahlil etilgan. Tadqiqotda
sportchilar tayyorgarligining zamonaviy konsepsiyalari, ko‘p yillik tayyorgarlik tizimi, yuklama va
tiklanish jarayonlarini optimallashtirish, shuningdek, jismoniy, texnik-taktik, psixologik va
funksional tayyorgarlikning o‘zaro integratsiyasi masalalari yoritilgan. Shu bilan birga, Paralimpiya
sportchilari uchun moslashtirilgan mashg‘ulot dasturlarining o‘ziga xos xususiyatlari ham ilmiy
asosda ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari sportchilarni tayyorlash samaradorligini oshirish,
musobaqa natijalarini yaxshilash hamda individual yondashuvni takomillashtirishga xizmat qiladi.