«SPORTDA ILMIY TADQIQOTLAR» — LaTeX SHABLONI
=============================================
Jurnal: https://jtsiti-journal.uz


ARXIV ICHIDAGI FAYLLAR
----------------------
main.tex            Maqola shabloni — SIZ shu faylni toʻldirasiz.
ssr.cls             Jurnal maketi: sahifa oʻlchami, shrift, hoshiyalar,
                    kolontitul. OʻZGARTIRMANG.
jtsiti-emblem.png   Sahifa tepasidagi emblema. OʻZGARTIRMANG.
figures/            Rasmlaringizni shu papkaga qoʻying.


QANDAY KOMPILYATSIYA QILINADI
-----------------------------
Barcha fayllar bitta papkada turishi shart. Buyruq satrida:

    latexmk -xelatex main.tex

Natija: main.pdf

MUHIM: aynan xelatex kerak. pdflatex bilan oʻzbek harflari (oʻ, gʻ) va
rus matni notoʻgʻri chiqadi.

Overleaf'da: arxivni butunligicha yuklang (New Project -> Upload Project),
soʻng Menu -> Compiler -> XeLaTeX ni tanlang.


MAQOLA STRUKTURASI
------------------
Jurnal talab qiladigan tartib (Word shabloni bilan bir xil):

  1. Mavzu — bosh harflarda va qoraytirilgan holda
  2. Muallif(lar)ning Familiyasi Ismi Sharifi (M.M.Azizov)
  3. Ish (oʻqish) joyi va lavozimi — toʻliq yozilishi shart
  4. Annotatsiya va kalit soʻzlar — UCH TILDA (oʻzbek, rus, ingliz) SHART
  5. Dolzarbligi
  6. Tadqiqot maqsadi
  7. Tadqiqot usullari
  8. Tadqiqot vazifalari
  9. Tadqiqot natijalari va uning muhokamasi
 10. Xulosa
 11. Foydalanilgan adabiyotlar


SHABLON BUYRUQLARI
------------------
\maqolanomi{MAVZU}
    Maqola mavzusi — bosh harflarda.

\muallif{ilmiy daraja va unvon}{F.I.SH.}{ish joyi}{shahar, davlat}
    Muallif bloki. Bir necha qatorni \\ bilan ajrating.

\aloqa{email}{telefon}
    Muallif bilan bogʻlanish maʼlumotlari.

\annotatsiya{yorliq}{matn}{kalit soʻzlar yorligʻi}{kalit soʻzlar}
    Uch marta yoziladi: oʻzbek, rus, ingliz tillarida.

\section{Dolzarbligi.}
    Boʻlim sarlavhasi. Matn ichida qalin holda chiqadi — alohida qatorga
    oʻtmaydi, Word shablonidagidek.


QOIDALAR
--------
* Har bir jadval raqamlanadi va nomlanadi; matnda unga havola boʻlishi
  shart. Sarlavha jadval USTIDA turadi: «1-jadval Jadval nomi».
* Har bir rasm ham raqamlanadi va nomlanadi; sarlavha rasm OSTIDA.
  Rasm faylini figures/ papkasiga qoʻying.
* Iqtiboslar matnda kvadrat qavsda, birinchi eslatilish tartibida: [1], [2].
* Adabiyotlar roʻyxatida raqamni oʻzingiz yozasiz (1., 2., 3. ...).
* Maqola hajmi 5–7 sahifa.


TOPSHIRISH
----------
Tayyor boʻlgach jurnal saytiga kiring va maqolani yuboring:
https://jtsiti-journal.uz

Word (.docx) bilan ishlashni afzal koʻrsangiz, saytdagi «Yuklab olishlar»
boʻlimidan Word shablonini oling — maket bir xil.

Savollar boʻlsa tahririyatga murojaat qiling.
