DZYUDOCHILARNING UZOQ MUDDATLI SPORT KARYERASINI SHAKLLANTIRISHDA FUNDAMENTAL TAYYORGARLIKNING KONSEPTUAL-USLUBIY ASOSLARI
Keywords:
dzyudo, fundamental tayyorgarlik, sport karyerasi, koʻp yillik tayyorgarlik, konseptual model, texnik-taktik tayyorgarlik, individuallashtirish, monitoring, sport mahorati.Abstract
Maqolada dzyudochilarning uzoq muddatli sport karyerasini shakllantirishda fundamental tayyorgarlikning konseptual-uslubiy asoslari tizimli yondashuv asosida tahlil qilingan. Fundamental tayyorgarlik sportchining jismoniy, koordinatsion-harakat, funksional, texnik-taktik, kognitiv hamda psixologik-irodaviy imkoniyatlarini oʻzaro integratsiyalash orqali keyingi ixtisoslashuv va yuqori sport mahoratiga erishishni taʼminlovchi koʻp komponentli pedagogik tizim sifatida talqin etilgan. Ilmiy manbalarni tahlil qilish asosida diagnostika, fundamental baza, ixtisoslashuv, individuallashtirish, sport mahorati, natijalarni barqarorlashtirish, monitoring ketma-ketligiga asoslangan konseptual model taklif etilgan. Model dzyudochining joriy musobaqa natijasidan koʻra uning uzoq muddatli rivojlanish salohiyatiga ustuvor ahamiyat berishga qaratilgan.
References
6. Qodirov S.E. Yuqori malakali dzyudochilarning koʻp yillik tayyorgarlik tizimida mashgʻulot jarayonlarini tashkil etish uchun metodik model samaradorligi // Fan - sportga. - 2025. - № 8.
7. Toʻrayev F.R. Yuqori malakali dzyudochilarning yillik tayyorgarlik sikllari yuklamalarini optimallashtirish: avtoreferat. - Chirchiq, 2025.
8. Toʻrayev F.R. Yuqori malakali dzyudochilarning texnik-taktik tayyorgarligini oshirish metodikasi // Fan - sportga. - 2025.
9. Арзютов Г.Н. Многолетняя подготовка в спортивных единоборствах. - Киев: НПУ им. М.П. Драгоманова, 1999. - 410 с.
10. Матвеев Л.П. Основы общей теории спорта и системы подготовки спортсменов. - Киев: Олимпийская литература, 1999. - 318 с.